
Rossiya Frantsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Rossiya terma jamoasi Frantsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda "R-Sport" xabar bermoqda.
Ushbu o‘yin 2018 yilning 27 mart sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan shahar va stadion nomi hozircha ma’lum qilinmadi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bor bu jamoalar o‘zaro Evro-2016 oldidan to‘qnash kelishgan edi. Parijda kechgan bahsda o‘shanda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar