Rossiya futboli: O‘zbek futbolchilari daromad keltirdi

  • 18 oktabr, 2020, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17 oktyabrdan 18 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiyada transfer bozori yopiladi. Hozirgacha, Rossiya premer-ligasi ishtirokchilari transferlar uchun 75 million evrodan ortiq mablag‘ni sarflab ulgurdi. Albatta, Evropa futbolida bu katta xarajat hisoblanmaydi.

Tecno

Misol tariqasida,  Angliya kublari yozgi transfer bozorida 1,2 milliard evrolik xaridlarni amalga oshirganini keltirish mumkin. Yanada aniq aytadigan bo‘lsak, Evropa chempionlar ligasida “Krasnodar” bilan bir guruhdan joy olgan “Chelsi” birgina Kay Xaverts uchun Rossiya klublarining transfer xarajatlarini qo‘shib hisoblagandagi summadan ko‘p mablag‘ sarfladi.

Biroq, o‘tgan mavsumda Rossiya klublari o‘z tarkibini kuchaytirish uchun 235 million evro sarflaganini inobatga olsak, bu yilgi savdo siyosatiga koronavirus pandemiyasi jiddiy ta’sir qilgani namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiya futbolida legionerlarga kiritilgan limit ham jamoalarning transfer bozoridagi faolligiga to‘sqinlik qilmoqda.

Rossiya transfer oynasi yakunlari hisob-kitob qilina boshladi. Unga ko‘ra, jamoalarning aksariyati bu bozordan xarajat bilan chiqdi. Qizig‘i, eng ko‘p foyda ko‘rgan ikki klub o‘zbekistonlik futbolchilarni boshqa jamoalarga transfer qilgan “Rostov” va “Ufa” bo‘ldi.

“Rostov” Evropa Ligasidagi ishtirokini erta yakunlaganidan keyin Eldor Shomurodov boshliq ko‘plab futbolchilarini sotib yubordi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga qaraganda, rostovliklarning eng qimmat transferi “Jenoa”ning Eldor Shomurodov uchun to‘lagan 7,5 million evro miqdordagi mablag‘i bo‘ldi. Shuningdek, bu jamoa Aleksey Ionovni 3,5, Evgeniy Chernovni 3, Baxtiyor Zaynutdinovni 2, Aleksandr Zuevni 1,5 million va yana bir qancha o‘yinchini bir necha yuz mingga sotib yubordi. Olib kelingan va sotib yuborilgan futbolchilar savdosidagi balans 10,14 million evroni tashkil qildi.

“Ufa” klubi transfer bozoridan 6,76 million evro foyda ko‘rdi. Xususan, ufaliklar Daniil Fominni 3,5, Silvestr Igbunni 2 va Oston O‘runovni 1,5 million evro evaziga Moskva klublariga transfer qildi. Yana ikki futbolchi - Gretsiya va Sloveniya klublari xarid qildi. Ketganlarning o‘rnini qoplash uchun esa, “Ufa” rahbariyati bir million evro atrofida mablag‘dan voz kechdi xolos.

1280_864_max_4

Shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakillaridan “Tambov” (balans +1 mln evro) “Arsenal” (balans +0,9 mln evro), “Axmat” (balans +0,47 mln evro), “Ximki” (balans +0,33 mln evro) klublari transferdan oz bo‘lsa-da, ma’lum miqdorda foyda oldi. 

Biroq, qolgan o‘nta jamoaning balansi  minus tomonga o‘tib ketdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, transfer bozorining xarajatlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

 TsSKA (balans –29,5 mln evro)

“Zenit” (balans –26,82 mln evro)

“Dinamo” (balans –12,95 mln evro)

 “Krasnodar” (balans –6,1 mln evro)

“Rubin” (balans –6 mln evro)

“Spartak” (balans –5,55 mln evro)

“Sochi” (balans –1,4 mln evro)

“Lokomotiv” (balans –0,8 mln evro)

“Ural” (balans –0,56 mln evro)

“Rotor” (balans –0,122 mln evro)

Shomurodov debyutga qanday tayyorlanmoqda yoxud u qachon maydonga tushadi? (foto)

Shomurodovning to‘rt jamoadoshi safga qaytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!