
Rossiya kubogi. Abbosga juda kam vaqt berilgan uchrashuvda TsSKA g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi
Rossiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan TsSKA - "Rostov" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "armiyachilar" 2:0 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Musaev hamda Agapov mualliflik qildi. Abbosbek Fayzullaev esa 87-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.
Shu tariqa, TsSKA Rossiya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar