Rossiya Kubogi. Yo‘ldoshev maydonga tushgan bahsda jamoasi g‘alaba qozondi, Erkinov zaxirada qoldirildi

  • 31 avgust, 2022, 23:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Kubogi 1-tur uchrashuvlariga start berildi. Biz uchun ahamiyatlisi, bugun legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinini o‘tkazdi.

Xususan, Hojimat Erkinovning "Torpedo"si "poytaxt derbisi"da TsSKAni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Vakilimiz bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va maydonga tushirilmadi.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘ynayotgan "Nijniy Novgorod" klubi esa, Moskvaning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv"ni qabul qildi. O‘yin maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Yo‘ldoshev 69 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!