
Rossiya premer-ligasi mavsumni davom ettirish bo‘yicha 2 ta variantni ko‘rib chiqmoqda
Xabaringiz bor koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat chempionatlar qatori Rossiya premer-ligasi ham to‘xtatib qo‘yildi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda RPL rahbariyati mavsumni davom ettirish bo‘yicha 2 ta variantni ko‘rib chiqmoqda. Birinchi variantga ko‘ra o‘yinlar 3 maydan boshlab davom etadi va jamoalar har 3-4 kunda bitta o‘yin o‘tkazishadi. Ikkinchi variantda esa chempionat 17 maydan davom ettiriladi. Bu holatda jamoalar har 2 kunda o‘yin o‘tkazishlari talab etiladi.
Hozirda premer-liganing o‘tgan 22 ta tur yakunlariga ko‘ra Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa “Lokomotiv” va “Krasnodar” klublari joy olgan.
Fikrlar