Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynashi kerak!

  • 29.08.2022 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Lokomotiv” va “Rostov” klublarining sobiq rahbari Yuriy Belous taniqli murabbiy Valeriy Karpinning bir paytning o‘zida Rossiya milliy terma jamoasi va “Rostov”ni boshqarayotganiga munosabat bildirdi.

Tecno

Shuningdek, taniqlik murabbiy milliy jamoa o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishga muhtoj ekanini ham ta’kidladi.

- “Karpinning ikkita lavozimni egallab turishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi?”, deb so‘rashyapti. Bunda qanday muammo bo‘lishi mumkin?

Karpin terma jamoa o‘yinlari bo‘lmagan vaqtda “Rostov”da murabbiylik tajribasiga ega bo‘lishi oson va muhim.

Setbyar oyida terma jamoamizda qandaydir o‘yin bo‘lishiga umid qilamiz. Balki O‘zbekiston bilan o‘ynarmiz. Qirg‘iziston ham bor. Bu uchrashuvlar futbolchini bir joyga jamlab, ularning mamlakat uchun kerakliklarini va muhimliklarini ko‘rsatish uchun kerak.

Hozirgi vaziyatda buning Rossiya futbol ittifoqi, Valeriy Karpin yoki “Rostov”ga biror muammo keltirib chiqarishini ko‘rmayapman, - dedi Yuriy Belous.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!