Rossiya terma jamoasi Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Rossiya terma jamoasi kelasi yoz Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu Stanislav Cherchesov shogirdlari uchun Evro-2020 oldidan tayyorgarlik jarayoni doirasidan o‘rin olgan. Rossiya – Polsha bahs 2020 yilning 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichida Belgiya, Daniya va Finlyandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Polsha terma jamoasi guruhidan esa Ispaniya va Shvetsiya joy olgan.

Fikrlar