
Rossiya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan muxlislarga yuzlandi
Xabaringiz bor bugun JCh-2018ning chorak finalida Rossiya Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Mezbon terma jamoa ushbu muhim uchrashuv oldidan o‘z muxlislariga murojaat qildi.
“Do‘stlar, biz chindan ham jahon chempionatidagi yurishimizni davom ettirishni xohlaymiz! G‘alaba uchun borimizni berib harakat qilishga va’da beramiz. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashlaringiz bizga kuch beradi, sizlar dunyodagi eng zo‘r muxlislarsizlar. Biz sizlarni juda yaxshi ko‘ramiz va qadrlaymiz”, - deb yoziladi terma jamoaning Tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya – Xorvatiya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Fikrlar