Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladimi? RFI mish-mishlarga izoh berdi

  • 8 avgust, 2022, 21:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) aloqa xizmati Rossiya terma jamoasi kuzda O‘zbekiston, Eron va Xitoyga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Tecno

"OAVda aytilgan variantlardan qat’i nazar, turli milliy federatsiyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. RFIga oldindan rozilik berganlar ham bor. Aniqroq ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi", — deya izoh berdi RFI aloqa xizmati “Sport24” nashriga.

Bugun rus matbuotida Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy taklif jo‘natgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Rossiya terma jamoasi Ukrainadagi voqealar tufayli barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!