Rossiyalik futbolchining APL klubiga transferi barbod bo‘ldi. Sababi...

  • 7 iyun, 2022, 20:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Monako” klubi va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin joriy qishki transferlar oynasida “Nyukasl”ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.

Tecno

“Chempionat” nashri xabariga ko‘ra, APL klubi yanvar oyida Golovin uchun “Monako”ga 40 million evro taklif qilgan. Klub rahbariyati esa 26 yoshli rossiyalik futbolchini bu narxga sotishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, “Monako” 2021/22 yilgi mavsumni Frantsiya chempionatida 3-o‘rinda yakunladi va yangi mavsumda Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Golovin esa "Monako" safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qila oldi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Golovinning ayni damdagi narxi 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!