
Rossiyalik mashhur hujumchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Artyom Dzyuba yangi mavsumni "Fenerbaxche"da boshlaydi.
“Artyom va “Fenerbaxche” ushbu transferni qishdayoq muhokama qilishgan. U yangi jamoasida yiliga 2,5 million evro maosh va shaxsiy hamda jamoaviy yutuqlar uchun qo‘shimcha bonuslar, shuningdek, erkin agent sifatida imzolangan shartnoma uchun yana alohida bonus oladi.
Tomonlar shartnomaning yakuniy variantini muhokama qilishmoqda va bu kelishuv imzolashga juda yaqin”, — dedi vaziyatdan xabardor Match TV manbasi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli rossiyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Zenit” safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi.
Fikrlar