Rossiyalik posbonning PSJdagi debyuti tanqidlarga sabab bo‘ldi

  • 22.09.2024 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

L'Equipe nashri bosh muharriri o‘rinbosari Jan-Filipp Lekler rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning PSJ safida Frantsiya chempionatidagi debyut o‘yini haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli rossiyalik posbon chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Reyms”ga qarshi o‘yinni (1: 1) asosiy tarkibda boshladi va 9-daqiqadayoq yangi jamoasidagi birinchi golni o‘tkazib yubordi.

“Safonovning o‘tkazib yuborgan goli haqida shunday fikr borki, ushbu epizodda u yanada yaxshiroq o‘ynashi va darvozasi dahlsizligini saqlab qolishi mumkin edi”, - dedi Lekler.

Fransiya chempionatining navbatdagi turida PSJ o‘z maydonida “Renn”ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!