Rostanmi? Aziz Amonov “Nasaf” safida Superligada ishtirok eta olmasligi mumkin!
Xabaringiz bor, Qarshining “Nasaf” jamoasi OChL qaydnomasiga tarkibga qo‘shib olgan futbolchisi – Aziz Amonovni qo‘shib qo‘yishni uddalay olmagan edi. Vaholanki, “ajdarlar” hujumchini O‘zPFLdan ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan edi. Xo‘sh, Amonov transferi nima uchun chigallashib ketdi?
"Hozirgi xolat borasida SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram sahifasida to‘liq javob berib o‘tdi. Unga ko‘ra, futbolchining Eron klubi bilan muammolari endi boshlanmoqda. Barchasi jiddiy ko‘rinish olishi hech gap emas.
Aziz Amonov masalasiga to‘liq oydinlik kiritib ketaman. Hujumchini "Nasaf" OChLda ro‘txatdan o‘tkaza olmaganiga asosli sabab bor. Amonov "Istiqlol" bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilib jamoani tark etgan. Qoidaga ko‘ra, futbolchi bir mudda davomida maosh to‘lanmasa, va shunga o‘xshash boshqa vaziyat sodir bo‘lsagina bunday huquqga ega. Futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi uchun Eron klubi unga hech qanday da’vosi yo‘q ekanligini yozma tarzda FIFAning futbolchilar o‘tishi va maqomi qo‘mitasiga topshirishi shart.

Odatda, futbolchilar boshqa klubga o‘tayotgan ikki tomon ham kelishgan xolda hujjatga imzo chekadi. Bu hujjat esa, yuqorida nomi zikr qilingan idoraga yuboriladi. Amonov masalasi ancha chigal. Forslar FIFAga ariza yozgan. Agar u o‘rganib chiqilgan xolda, ish ko‘rib chiqishga oshirilsa va unda FIFA "Istiqlol"ni haq deb topsa, "Nasaf" kelasi mavsumda Amonovning hizmatlaridan foydalana olmasligi ham mumkin.
Hozircha, klub hujumchini O‘zPFL qaydnomasiga kiritdi, biroq FIFA Amonovni "Istiqlol" bilan tuzgan shartnomasini bir tomonlama bekor qilishda qoidabuzarlik bor deb topilsa, futbolchi jarimaga tortilishi, xatto Superliga o‘yinlarida ishtirok eta olmasligi ham mumkin. Barchasi Aziz Amonov va "Istiqlol"ning vaziyatdan qanday chiqib ketishiga bog‘iq."



Fikrlar