"Rostov"da moliyaviy inqiroz. Jamoa qishda 6 futbolchisini sotishi mukin. Ular orasida Shomurodov ham bor

  • 13 noyabr, 2019, 14:08
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Rostov" klubi moliyaviy inqirozga yuz tutgan. Bu haqda SE nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, rostovliklarda moliyaviy inqiroz juda tarang. Futbolchilar 3 oydan beri maosh va bonuslarini olishmayapti. Klubning homiylari etarli, ammo ular oxirgi paytlarda jamoaga etarlikcha e’tibor berishmayapti.

Agar yaqin orada hech narsa o‘zgarmasa, "Rostov" qishki transferlar mavsumida jamoa etakchilaridan 6 nafarini sotishi mumkin. Ular himoyachi Chistyakov, yarim himoyachilar Normann, Popov, Eremenko va Ionov, hujumchi Shomurodov.

Shuningdek, klub rahbariyati vaziyat o‘nglanmasa jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin bilan ham xayrlashishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:30
Jamoani eng asosiy futbolchilariku bular ketsa rostov hech qanaqasiga yevrokuboklar uchun kurasha olmaydi rostovni rostov qilib turgan futbolchilar aynan shularda
Абдусамат Жураев
13/11/2019 18:09
ПОЙТАХТДАН ортимайди ЧИМПИОНЛИК сигдиришмади Ростовни да биз хафа бумасагам булаверади Россияда хам шу ахвол
&
Surxon turon
13/11/2019 17:12
Ӯххӯ расво бӯбтию
&
Shoxrux MTJ
13/11/2019 14:11
Azmun qishda Rastovga qaytadi ijaraga.. Shomurodov kotta extimol bilan xitoy klubiga 10 millionga sotishadi.. Sska 6 million taklif qilgan..
&
Surxon turon
13/11/2019 17:11
Қайирдан ешиттиз бу гапни
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:21
Brat qattan bunaqa fol ochvosla hammasi hech narsa aniqmas ????
&
Shoxrux MTJ
13/11/2019 14:10
Bolmagan gap.. Shunchaki o'yinchilani yangilamoqchi rastov..