
Roy Jonsning xayrlashuv jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Roy Jons (65-9, 47 KO) o‘zining keyingi jangini 8 fevral kuni o‘tkazadi. Bu uning bokschilik faoliyatidagi so‘ngi to‘qnashuvi bo‘ladi.
Xayrlashuv jangi birinchi og‘ir vazn toifasida bokschining ona shahri Pensakola (Florida, AQSh) bo‘lib o‘tadi.
- Agar mening so‘ngi jangimni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, 8 fevral kuni Pensakolaga keling, - deydi Jons.
Mazkur jangga chiptalar narxi 20 dollardan 50 dollargacha. 5 yanvardan sotuvga chiqariladi.
Fikrlar