Roy Kin: "Tottenxem" endi tanqidlarga emas, kubokka ega jamoa"

  • 22.05.2025 15:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba bo‘yicha sobiq futbolchi Roy Kin o‘z fikrlarini bildirdi:

"Bu mavsumda “shporlar” “Arsenal”ga qaraganda ko‘proq kubok yutishdi. Agar boshqa klublar bilan solishtirsak, ular shunchalik tanqid qilindiki, boshqalar bunchalik bosimga uchramagan.

Albatta, ular o‘zlariga xos uslubda o‘ynashmadi. Juda yaxshi himoya qilishdi, hujumda esa u qadar samarali ko‘rinmadilar, lekin bu muhim emas. Oxirgi yillarda ular haqida faqat zo‘r stadioni bor deyilgandi, ammo asosiysi – kuboklar yutish.

Endi esa ular bu kubokka qo‘l tekkizdi va undan haqiqiy zavq olishlari mumkin. O‘yinchilar mavsum oldi yig‘inlarga qaytganda, ular Chempionlar ligasida ekanini bilishadi. Bu esa klub uchun ajoyib ta’sir qiladi" – dedi Roy Kin "CBS Sports" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!