
Ro‘yxatda o‘zgarishlar bor! "Oltin to‘p" uchun nomzodlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi
Chempionlar ligasining yarim final bosqichidan so‘ng nufuzli "Goal" portali 2025 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzodlar reytingini yangiladi.
Ro‘yxatning dastlabki uchligida o‘zgarish kuzatilmadi: mukofotning asosiy nomzodi sifatida PSJ hujumchisi Usmon Dembele ko‘rilmoqda, ikkinchi o‘rinda "Barselona" vakili Lamin Yamal, uchinchi o‘rinni esa Kataloniya klubining yana bir a’zosi Rafinya egallab turibdi.
"Arsenal"ga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etgan PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Beshinchi pog‘onada "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh o‘z mavqeini saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarda Pedri, Xarri Keyn, Kilian Mbappe, Lautaro Martines va Robert Levandovski joy olishgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili "Oltin to‘p"ni yarim himoyachi Rodri qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar