
Ro‘yxatda Yaxshiboev va Ubaydullaev ham bor!
Belarusning amaldagi chempioni – “Shaxtyor” 2017 yildan beri jamoa tarkibida o‘ynagan xorijlik futbolchilar soni 41 nafarga etganini ma’lum qildi.
Oliy liganig ikkinchi turida soligorskliklar Minskda “Energetik-BGU” mehmoni bo‘ldi. “Shaxtyor”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda nigeriyalik Sandey Akinbule ishtirok etdi va soligorskliklarning 2017 yildan buyon maydonda to‘p tepgan 41-legioneri sifatida qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, “Shaxtyor” sharafini himoya qilgan chet ellik o‘yinchilar ro‘yxatida Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan Jasur Yaxshiboev va bu yildan e’tiboran ushbu jamoaga qo‘shlgan Shahzod Ubaydullaev ham bor. O‘tgan yili soligorskliklar tarkibida 7 ta gol urgan Jasur 12 ta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa, Shahzod ketma-ket ikki marta maydonga tushdi.
Fikrlar