Ro‘ziqul Berdiev: "Biz hujumlarda oqsadik"

  • 24 oktabr, 2024, 09:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

OChL2 3-tur «Al Hussein» - «Nasaf» (2:1) uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- «Al Hussein» jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun ular g‘alabaga haqli edilar. Biz bugun hujumlarda oqsadik. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqibning amalga oshirgan o‘zgarishlari va hujum chizig‘idagi futbolchilarning maydonga chiqishi ularga qo‘l keldi.

- Bugun «Shabab Al Ahli» jamoasi ham g‘alaba qozondi. Oldinda yana uchta tur bor. Keyingi turlar uchun sizning rejalaringiz qanday?

- Uchta tur ortda qoldi. Bizni oldinda yana uchta bellashuv kutmoqda. Qolgan uchrashuvlarda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bizni boshqa maqsadimiz bor. Superliga bellashuvlarida kerakli natijani qo‘lga kiritish. Undan so‘ng uyimizda bo‘ladigan OChL 2 doirasida ikkita o‘yinda g‘alaba qilishimiz kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
24/10/2024 09:46
Суперлига беллашувларида максади буган жамоа Сурхон билан унака уйнамагаг буларди шухам бохона билибдими Рузикул болаларинг уйнашса уйнашсин уйнамаса уйида уй кизи булиб утирсин бунакада мухлисларни инфаркт килиб куясанлар латталар ланат санларга .