
Ro‘ziqul Berdiev: "Bozorovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi"
Bugun bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuv tugaganidan keyin, qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Bugun yorqin o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsak-da, asosiysi kuchli raqibning maydonida uch ochkoga ega bo‘ldik. Bundan juda xursandmiz. Yo‘qotilgan ochkolarimizni boshqa o‘yinlarda to‘ldirishimiz kerak edi. Albatta, “Qizilqum” jamoasini hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Shuning uchun birinchi bo‘limda uchta markaziy himoyachi bilan harakat qildik. Faqat o‘yin oxirlarida 4-4-3 sxemamizga o‘tdik va shundan keyin ikkinchi golni kiritdik. Teng kurashlar ostidagi uchrashuvda omad biz tomonda bo‘ldi.
- Asosiy darvozabon Abduvohid Ne’matov qaydnomaga ham kiritilmadi. Bunga sabab nima?
- Nima uchun Abduvohidni asosiy darvozabon, deb ta’kidlayapsiz? Bizda uchta darvozabon bor. Barchasiga imkoniyat beramiz. Ne’matovga kelsak, o‘tgan yili o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatib, terma jamoagacha ko‘tarildi. Bugungi uchrashuvga jalb qilmaganimizga sabab bor. O‘yinga tayyor emasligi uchun Navoiyga olib kelmadik. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha tiklanadi va unga imkoniyat beramiz.
- Shuningdek, Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
- Oybek Bozorovning o‘sha kungi jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Yana bir haftada safga qaytadi. Balki navbatdagi bahsgacha qaytib qolar.
Fikrlar
Komandalarimizni g'alaba qozonib ochko yig'ib olishi juda qiyin bulyapdi.
Chunki horomhor UFA, PFLdagilar hotirjam, halol o'ynashga yol qo'ymayapdi. Shuning uchun galabani nima qilib bulsa ham ushlab qolishga harakat qilishadi