Ro‘ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizga tezlik qo‘shdik"

  • 12 avgust, 2022, 21:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” – “Nasaf” (0:2) uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Muxlislarimizni va jamoamiz a’zolarini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Deyarli o‘rtacha vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizga tezlik qo‘shdik. Qarshi hujumlarda imkoniyatlarni yaratishda faolroq bo‘ldik. Ikkita goldan tashqari ham bir nechta vaziyatlarimiz bo‘ldi. Asosiysi, g‘alabaga erishdik, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bundan xursandmiz, keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Ko‘p vaziyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, Xusayn Norchaev bo‘sh darvozaga gol ura olmadi. Bu nimaning alomati yoki charchoqnimi?

- Ozgina sovuqqonlik etishmadi. Xusayn hali katta tajribaga ega emas. Lekin ikkinchi golni ajoyib tarzda urdi. O‘zi vaziyat yaratib, buni o‘zi amalga oshirdi. Bundan xursand bo‘ldim.

- Birinchi bo‘limda jamoa o‘ziga o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinini kuchaytira oldi. Birinchi bo‘limdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinning sababi nima?

- Birinchidan, “Metallurg” jamoasi yaxshi himoyalandi. Bu klub ko‘proq himoyaviy o‘yin o‘ynaydi, 5 ta himoyachi bilan. Shuning uchun qiyin bo‘ldi. “Metallurg” ozroq kuch yo‘qotganidan keyin biz yangi o‘yinchilarni qo‘shdik. Bahrom Abdurahimov, Sherzod Nasrullaev o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi, tezligimiz yanada oshdi. Bu “Metallurg” jamoasiga muammo tug‘dirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!