Ro‘ziqul Berdievning akkreditatsiyasi vaqtincha bekor qilinadi

  • 31.08.2022 14:17
  • Karim Xudayqulov
  • 9
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” uchrashuvi yakuniga etgach mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev hakamlar joy olgan maydon markaziga qarab bordi va ularga nisbatan nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Uchrashuv yakuniga etgach mazkur masala yuzasidan bosh hakam Ahrol Risqullaev hamda O‘zPFL komissari bildirgi taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, uchrashuv yakuniga etishi bilan “Nasaf” futbol klubining qator futbolchilari hamda bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev hakamlar brigadasini o‘rab olgan. Bu vaqtda bosh murabbiy bosh hakam libosini qo‘pol tarzda tortgan hamda uning qorin qismiga zarba bergan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Ro‘ziqul Berdievga taqdim etilgan akkreditatsiyani tegishli qo‘mitalar mazkur vaziyatni o‘rganib chiqquniga qadar qaytib oladi. Bosh murabbiy O‘zbekiston Coca-Cola kubogining ¼ finalidan joy olgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi.

Chempionatning 18-turini o‘tkazish uchun “Nasaf” 10 sentyabr kuni Olmaliq shahriga tashrif buyuradi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL tegishli qo‘mitalar ishtirokidagi yig‘ilishni 9 sentyabr kuni o‘tkazish taklifini O‘FAga kiritdi. Bunda qaror bir tomonlama ko‘rib chiqilmasligini ta’minlash maqsadida qo‘mitalar yig‘ilishiga Ro‘ziqul Berdiev va Ahrol Risqullaevning o‘zi ham taklif etilishi ko‘zda tutilgan.

Bayram sababli dam olish kunlarining avvaldan belgilab qo‘yilgani, shuningdek, “Nasaf” ustozining Toshkentga kelishida muammo yuzaga kelmasligini ta’minlash maqsadida 8 sentyabr sanasi tanlab olindi. Berdievning akkreditatsiyasini qaytarish masalasi qo‘mitalar qaroridan keyin hal etiladi.    

Ma’lumot uchun, hakamlar qaroriga shikoyat berish tartibi Reglamentning 14-bobida batafsil tushuntirib o‘tilgan. Garchi “Nasaf” jamoasi hakamlar brigadasiga etika normalariga zid ravishda e’tiroz bildirgan bo‘lsa-da, klub 14-bob bo‘yicha rasmiy e’tiroz bilan chiqmagan.


                                                                                                                                                     Manba: O‘zPFL sayti 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Joxa1989
31/08/2022 14:55
Nasaf futbolchilariga bir iltimos shu qilig‘i uchun xam chempion bulaylik iltimos sizlardan muxlis dardi
&
Олға насаф
31/08/2022 14:57
Қачонгача Насаф ҳакамлар қароридан азият чекади. Ўзи буни охири борми. Нима қилиши керак эди. Доимий равишда ноҳақ қарорлар қабул қилса ҳакам. Ҳали ҳам тегинмаган Р.Бердиев.
Nuriddin Nuriddin
31/08/2022 14:47
Хе футболинггаям сенларни шармандалар
&
ОЗИМИЗ
01/09/2022 06:38
Насафни синириш керк кимгадир халакит килгандир ёпойтах жамоси Локомативга галаба совга килишни зимасиза олгандирда хакамлар бу хакамларга хам хайронман оз хохши билан килиниши керак болган ишга аралашмасин камандалар озара келишиб хакам топиб олишади шу ойинларга хам хохлаган камандалар четан хакам олиб келиб ойин отказадигон болиса хич бир каманда озимизи хакамларни ойнатмайди ошанда оша судяларга хомилик килаётган инсонлар капека хам бермайди ошанда уларни ахволи нима кечади ээй майли бутбол хам бир оз аро бизнес ё оброй болиб колди шекили !
&
Турсунов Рамазон
31/08/2022 15:38
Ундан кура расво футболингдан .Бротула Насафни чикариб юбориб хакамларинг била узларинг футбол уйнаб юрингла.Бу ишлариг билан мухлисларни жумбушга кетирияпсала.Охири Диёр мухлислани призденга мурожат килишига олиб келдин.Азизга тегмадинг Рузикулга осиласанми. Э санлани футболинггаям санлагаям Хожибой атганидай.Битта нармалний кулуб бор эди.Шуниям йук киляпсанлв.ФИФАга чикиб Узбекистонда футбол карупсияси ривожланиб кетди деб мурожат килиш колди.Нохакликка качон бархам берилади.Журналисла нимага караб турипсила ёки сизла хам куркасилами.Юурт боши силага катта имконият бердилаку.Хакикат хакикат Диёр файласуф.
Shoyimov Mirzohid
31/08/2022 15:03
Расво килинглар хаммасини битта жамоа бор эди футбол уйнаетган
&
Joxa1989
31/08/2022 14:54
Bu Pflga qachon futbol uynaganodam kelmaguncha bizni futbol rivojlanmaydi Nasafni sindirishni yangi yuli bu
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/08/2022 14:27
Uta kulgulik. PFL hodimlari qanday Sharmanda bulgani gis qilaptimi. ongli ravishka hammasini uzlari qilishdi. va keyin endi etika esiga keldi. Hudov desin. butun poliya odamlari tushib kelib. janjal qilmadi. shunchalik qonun surarkansizla. nimaga. AGMK bilan uyindan keyin berdan. chora kurmadi. yoki. Navbahor bilan uyindaki holatka tuhtalmadi. Uzi 2 marta shunoqa qilsa. stadiyona. muhlis tushmay quyadi.
Наркобилов Суюн
31/08/2022 15:06
Muxlislarni ayblashning oqibati