
RPL. Afoninning jamoasi yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Saranskdagi "Mordoviya Arena"da kechgan uchrashuvda "Tambov" jamoasi 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Urosh Radokovich, Vladimir Obuxov va Anton Kilinlar mualliflik qildi.
Mehmonlar safida hamyurtimiz Vadim Afonin bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq 90 daqiqa fol harakat qildi. Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "Orenburg" hisobidagi ochkolar soni 19 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 16 klub orasida 13-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar