RPL. Ashurmatov to‘liq o‘ynagan bahsda "Rubin" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 20 oktabr, 2024, 23:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL 12-turi doirasidagi "Rubin" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv moskvaliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Legionerimiz Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Himoyachimiz ko‘proq o‘ng qanotda harakat qildi va "Sofascore" statistik portali talqiniga ko‘ra 6.9 ball oldi. Umarali Rahmonaliev esa zaxirada qoldirildi.

Ma’lumot uchun, 15 ochkosi bor qozonliklar ayni damda turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!