
RPL. Bugun ikki legionerimizning jamoalari o‘ynaydi
Bugun Rossiya Premer-ligasi 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinini bugun o‘tkazadi. Dastlab, Oston O‘runovning "Ufa"si "Ural" maydoniga safar qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
Shuningdek, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" klubi poytaxtga boradi. Ularga Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu o‘yin 18:30 da boshlanadi. Bugungi uchrashuvlar oldidan jamoalarning turnir jadvalidagi o‘rni bilan tanishing.
Fikrlar