RPL. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasi chempionatni muvaffaqiyatli tarzda boshladi

  • 17 iyul, 2022, 21:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" Moskva - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi yakunlandi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, 52-daqiqada Vilson Izidor hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Vyacheslov Krotov muvozanatni tikladi. Shuningdek, nijniy novgorodliklar futbolchisi Timur Suleymanov 28-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan Kerjakov shogirdlari yakunda mag‘lubiyatga uchramadi. 

Shu tariqa, jamoalar ilk turda bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi. 

Qayd etish lozim, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada zaxiraga olindi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!