
"Rubin" qiziqayotgan "Navbahor" futbolchisiga Qatardan ham takliflar bor. Unga katta maosh va’da qilingan
Ayni vaqtda "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatovga bir qator xorij klublardan qiziqish bo‘lmoqda.
Jumladan, Rossiyaning "Rubin" jamoasi uni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Shunday bo‘lsa-da, "lochinlar" o‘z futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas.
Bundan tashqari, Qatarning ikki klubidan ham "yog‘li" takliflar bor. Ular Ashurmatovga ikki yil uchun 1 million evro bermoqchi, "Rubin" esa 300 ming evro.
Joriy mavsum 26 yoshli o‘yinchi Superliganing 12 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar