
Rubin Xebayning holati qanday? "Nasaf" ustozi javob berdi
2023 yilgi mavsumda Superliga yulduziga aylangan “Andijon”ning albaniyalik sobiq hujumchisi Rubin Xebay 2025 yilgi mavsumni Qarshining “Nasaf” klubida o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Hujumchi ayni paytda Antaliyada yangi jamoasi bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Klub bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Sports.uz saytiga bergan intervyusida Xebay to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Albatta, Xebay haqida aytmoqchiman, u bir yil davomida barqaror o‘ynamadi. Saudiya Arabistoniga borganda ham, Tunisda ham shunday bo‘ldi. Shu sababli holati biz kutgan darajada emas. Lekin mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayapti. O‘ylaymanki, Rubin yaxshi holatga tushib oladi”.
Ro‘ziqul Berdiev: "Abduholiqov chetdan takliflar bor degandi, lekin "Neftchi"ga qo‘shilibdi"
Fikrlar