Runi kelajakda MYu yoki "Everton"ni boshqarmoqchi

  • 31.05.2019 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik mashhur futbolchi Ueyn Runi kelajakda "Manchester Yunayted" va "Everton" klublariga murabbiylik qilish orzusi borligini aytdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli futbolchi boshqa jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti va shartnomasi oxirigacha, ya’ni 2021 yilgacha "Di Si Yunayted"da qolmoqchi.

“Faoliyatimni yakunlagach darhol murabbiy bo‘lmoqchiman. Qanday jamoada ekanligi muhim emas. Biroq, bu “Everton” yoki MYu bo‘lsa ajoyib bo‘lar edi”, - deydi Runi.

Ma’lumot uchun, Runi “Everton” safida 2002-2004 hamda 2017-2018 yillarda to‘p surgan. “Manchester Yunayted” libosida esa 2004-2017 yillarda o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!