
Runi oilaviy sabablarga ko‘ra shartnomasi yakunlanishi bilan AQShdan ketadi
AQShning "Di Si Yunayted" klubi forvardi Ueyn Runi shartnoma muddati yakunlangach jamoadan ketadi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli futbol yulduzi xotinining Angliyaga qaytish istagidaligi uchun shunday qarorga kelishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Runining "Di Si Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.
Fikrlar