Runi Reshfordning ojiz tomoni qaerdaligini aytdi

  • 22 mart, 2019, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mashhur futbol yulduzi Ueyn Runi terma jamoaning kelajagi deya e’tirof etilayotgan Markus Reshfordning ojiz tomonlarini aytib o‘tdi.

“Reshford bir qator yaxshi tomonlari bor. U tez va kuchli. U faqatgina bosh bilan o‘ynashni yanada yaxshiroq o‘rganishi lozim. U fantastik futbolchi. Uning juda ko‘p qobiliyatlari bor. Reshford – “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining yorqin kelajagidir”, - deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Reshford to‘pig‘idan jarohat olib Angliya terma jamoasi lagerini tark etgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!