
Runi yangi mavsumda qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi
Angliya futbolining yaqin o‘tmishdagi yorqin yulduzi Ueyn Runi yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadigan jamoalarning ustun tomonlarini tahlil qilib berdi.
- “Liverpul” har qanday raqibni engishga qodir jamoa. Lekin men maydonda “Manchester Siti”ning imkoniyatini yuqori baholayman. Manchesterliklarda barqaror natijani ta’minlay oladigan kuchli o‘yinchilar jamlangan, - dedi Ueyn Runi.
O‘tgan mavsum har ikki jamoa oxirigacha chempionlik uchun kurashdi va g‘oliblik Xosep Gvardiola jamoasiga nasib qildi.
Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”ni boshqarayotganidan beri jamoasini Chempionlar ligasida g‘olib chiqishini ta’minlay olmayapti.
Fikrlar