Ruslan Abdullaev ham oltin medalni naqd qildi! (Fotogalereya)

  • 14 may, 2023, 18:22
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkazilyapti.

-63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev mo‘g‘ulistonlik Baatarsux Chinzorigga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang yakuniy 5:0 hisobida bokschimiz foydasiga hal bo‘ldi.

Shu tariqa, Ruslan Abdullaev O‘zbekiston terma jamoasiga beshinchi oltin medalni olib keldi. Shuningdek, hamyurtimiz 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi. Ushbu jarayondan qaynoq fotosuratlarni tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!