Ruslan Nuruddinov jahon rekordini o‘rnatdi

CHERY AUTO

Og‘ir atletika bo‘yicha 2016 yil Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan Ruslan Nuriddinov Toshkentda davom etayotgan  Osiyo chempionatida ajoyib natija qayd etdi. 

Doping bilan bog‘liq muammolar tufayli musobaqalardan ma’lum vaqt chetlatilgan Nuriddinov diskvalifikatsiya muddati tugagach, ilk musobaqasida chempionlik bilan bir qatorda jahon rekordini ham yangiladi. Nuriddinov siltab ko‘tarish bahslarida o‘zbek og‘ir atletikasining yangi yulduzi sifatida e’tirof etilayotgan Akbar Jo‘raev bilan murosasiz bahs yuritdi va yakunda tajriba baribir o‘z so‘zini aytdi.

Dast ko‘tarishda 188, siltab ko‘tarishda 241 kg (jahon rekordi), jami 429 kg natija qayd etgan Nuriddinov chempionlikni qo‘lga kiritdi. Akbar Jo‘raev esa 194kg+234 kg jami 428 kg natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!