
Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev jahon chempionatida qaysi kuni ishtirok etadi?
Xabaringiz bor, 2-11 oktyabr kunlari Norvegiyaning Fyorde shahrida o‘tkaziladigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev ishtirok etishadi. Har ikki sportchimiz bo‘lajak musobaqada -110 kg vazn toifasida supaga chiqishadi.
Ma’lum bo‘lishicha, atletlarimizning ishtiroki 10 oktyabr sanasiga belgilangan. Bellashuvlarning boshlanishi esa Toshkent vaqti bilan 22:30 ga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar