
Rustam Ashurmatov alamli mag‘lubiyatga izoh berdi
Rossiya Premer-ligasining 3-turi “Rubin” futbolchilari uchun juda omadsiz keldi. Premer-liga debyutanti “Ximka” qarshi bahsda ikki marotaba hisobda oldinda borgan qozonliklar kambek qurboni bo‘ldi.
Raqib mezbonlar darvozasiga uchta to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi.
Uchrashuvda to‘liq ishtirok etgan Rustam Ashurmatov alamli mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi bo‘limda o‘yinda hammasi yaxshi o‘xshadi. Qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, hammasi reja asosida ketdi.
Tanaffusdan keyin g‘alati gollarni o‘tkazib yubordik. Darvozabon qo‘lidan kelganini qildi. Bu vaziyatlarda u xatoga yo‘l qo‘ydi, deyolmayman. Futbolda ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi, - dedi Rustam Ashurmatov.
Fikrlar