Rustam Ashurmatovning jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi

  • 18 iyul, 23:26
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Rustam Ashurmatov bir necha kun avval transferlar oynasida Eronning "Istiqlol" klubiga borib qo‘shildi.

Kecha esa Turkiyadagi yig‘in davomida jarohat oldi va tibbiy guruh yordamida maydonni tark etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchimiz tezda shifoxonaga olib ketilinib, dastlabki tekshiruvlarni amalga oshirilgan. Hamyurtimizning jarohati bo‘yicha esa klub shifokori shunday fikr bildirdi: 
 
"Payshanba kungi mashg‘ulotda Rustam Ashurmatov o‘ng tizzasidan jarohat oldi. Jarohat holatini baholash va mutaxassislarga aniqroq hisobot berish maqsadida MRT o‘tkazildi. Dastlabki tekshiruvlar ko‘ra, Rustam Ashurmatov mashg‘ulotlarga qayta boshlash uchun kamida olti hafta vaqt talab qiladi" - deya ta’rif berib o‘tdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
19/07/2025 00:37
Яхши иш булмапти.Аллохимдан тезрок согайиб кетишини тилаб коламиз.