Rustam To‘laganov professional ringdagi ilk jangida g‘alaba qozondi

  • 28 oktabr, 2017, 11:38
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Havaskorlar bokschidagi janglari bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan hamyurtimiz Rustam To‘laganov kecha o‘zining ilk professional jangini o‘tkazdi.

Tecno

Rio Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan sportchimiz ushbu turnirdan so‘ng bir yil davomida ringga chiqmay kelayotgan edi. Biroq ikki oycha AQShda mashg‘ulotlar zo‘r bergan bokschimiz ilk professional jangini g‘alaba bilan boshladi.

Mazkur qarama-qarshilikda hamyurtimizga amerikalik Robert Gerro raqiblik qildi, ammo jang yakuniga ko‘ra u ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berdi.

Professional ringdagi ilk jangim yaxshi o‘tdi. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Meni qo‘llab-quvvatlagan hammaga minnatdorlik bildiraman, – deb yozadi Rustam To‘laganov ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!