Rustamjon Ashurmatov bilan Koreyadagi hayoti, terma jamoa va boshqa dolzarb mavzularda suhbat

  • 9 iyun, 2020, 13:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya chempionatida faoliyat olib borayotgan Rustam Ashurmatov bizni qiziqtirgan savollarimizga javob berdi.

Tecno

7poZpS

- Avvalambor, xorijdagi ishlaringiz va karantinni qanday o‘tkazayotganingizni gapirib bersangiz.

- "Gvangju" klubidagi ishlarim joy-joyida davom etmoqda. Bu erda, mashg‘ulotlar deyarli to‘xtatilmadi va klubim bilan ishlashda davom etdik, lekin mashg‘ulotlardan tashqari, karantinni asosan uyda o‘tkazayapman. Ko‘proq vaqtim turli kinolar ko‘rishga ketmoqda.

- "Ulsan" klubiga qarshi uchrashuvda zahirada qoldingiz. Bunga sabab nima?

- Aniq bir sababini bilmayman, bu murabbiy qarori. Ramazondan keyin, dam olish imkonini berdi, deb tushundim. Qolgan uchrashuvlarda asosiy tarkibda o‘ynashimga umid qilib qolaman.

kioprI

- Faoliyatingiz davomidagi o‘zingiz uchun bo‘lgan eng yaxshi va eng yomon uchrashuvni ko‘rsata olasizmi?

- Men uchun har bir bahs muhim. Sababi, barcha bellashuvlarga o‘ziga yarasha mehnat sarf qilinadi.

Vetnamga qarshi qor ostidagi final uchrashuvi eng yaxshisi bo‘lsa, eng yomoni Osiyo o‘yinlari chorak finalida Janubiy Koreya bilan bo‘lgan o‘yin.

- Muxlislar orasida Rustam Ashurmatov tog‘asi Baxtiyor Ashurmatov orqali futbolga kirib kelgan, degan gap yuradi...

- Futbolga hamma qatori kirib kelganman. Asosan, bobom sababli, lekin hozirgi darajaga chiqishimga tog‘amning yordami bor.To‘g‘ri yo‘l tanlashimga maslahatlari bilan yordam berganlar. Bolaligimda futbol kiyimlari olib berib, shu o‘yinga qiziqtirganlar. Hayotimda ularning o‘rni juda katta!

vgoysB

- Qaysi klub muxlisisiz va kumiringiz kim?

- "Real" va Serxio Ramos.

- Janubiy Koreyada qancha vaqt qolmoqchisiz?

- Bu yil shartnomam tugaydi. Aniq javob berolmayman. Balki qolarman, balki jamoamni o‘zgartirarman. Bu hozircha noma’lum. Karantin bo‘lib, chempionatlar to‘xtatilgani uchun ham aniq takliflar yo‘q. Menimcha, yaxshi saviyada o‘ynab tursam, yilning oxirida takliflar paydo bo‘ladi.

- Futbol uchunmas, pul uchun Koreyaga ketgan o‘zbek futbolchilari bormi? Nima deb o‘ylaysiz?

- Hozir K Ligada faoliyatini olib borayotgan o‘zbeklar orasida yo‘q. Agarda, pul uchun bo‘lganida, Malayziya va shunga o‘xshash mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan bo‘lishardi.

fgffsm

- Janubiy Koreya futbolining O‘zbekiston futbolidan farqini nimalarda ko‘rdingiz?

- Futboldagi sharoitlarda har bir detalga alohida e’tibor qaratishadi. Albatta, buning barchasi mablag‘ talab qiladi. Shu qatorda, koreyslarda futbol biroz tezroq.

- O‘zbekiston futboliga nima etishmaydi?

- Menimcha, reklama.

- Terma jamoaga qayta bosh murabbiy bo‘lgan Vadim Abramov haqida fikringiz?

- Ijobiy! Futbolni yaxshi tushunadi va maydonda futbolchilarga erkin to‘p surish imkonini berishi bilan ajralib turadi.

JW18wb

- Faoliyatingiz davomida qaysi murabbiydan ko‘proq futbol sir-asrorlarini o‘rgangansiz va eng kuchlisi qay biri?

- Eng ko‘p narsani Sergey Lushandan o‘rgandim. Sababi, boshqalarga qaragandan men bilan ko‘proq vaqt mobaynida ishlagan. Eng kuchli murabbiy borasida esa, aniq bir narsa deyishim qiyin.

- Terma jamoaning asosiy tarkibida himoya markazida kim bilan sherik bo‘lib, to‘p surishni istaysiz?

- Doston Tursunov bilan.

- Tursunov bilan aloqalaringiz va munosabatingiz yaqin bo‘lgani uchunmi?

- Yo‘q, maydonda bir-birimizni yaxshi tushunganimiz uchun.

n8fnIn

- Masalan, "Nasaf", "Navbahor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi klublar K Ligada qatnashganida sovrinli o‘rinlar uchun kurasha olgan bo‘larmidi?

- Buni hech qachon bila olmaymiz, nimadir deyishdan yiroqman. Sababi, bu erda deyarli favorit bo‘lmaydi. Qaysi jamoa g‘alaba qozonishini avvaldan aytib bo‘lmaydi.

- U erda yurtimiz futboli haqida qanchalik bilishadi?

- Terma jamoamizni juda yaxshi bilishadi, ammo klublarimizni deyarli bilishmaydi.

- Futbolchilarimizdan kimlarni tanishadi?

- Asosan, Koreyada to‘p surib ketgan Geynrix, Jeparov kabi futbolchilarni eslashadi va shu qatorda, Odil Ahmedovni ham juda yaxshi bilishadi.

- Xitoy chempionati orqalimi?

- Yo‘q, terma jamoamiz orqali.

oSbAlk

- Faoliyatingiz davomida kelishilgan o‘yinlarga guvoh bo‘lganmisiz?

- Yo‘q! Men shu paytgacha faoliyatimni "Bunyodkor" va "Gvangju"da o‘tkazdim. Ushbu klublarda bunday holatlarga duch kelmaganman.

- Asosiy maqsadingiz qanday?

- Albatta, yaqin yillar ichida Evropada to‘p surish.

- Bunga qanday erishmoqchisiz?

- Bu faqatgina o‘yinlarimga bog‘liq. Nasib qilsa, bunga erishaman, shaxsan o‘zim bunga ishonaman.

- Ko‘plab muxlislarni legionerlarimiz qanday sharoitlarda hayot kechirishayotgani va qanday qulayliklarga ega ekanligi qiziqtirayotgan ekan. Bu borada ham ma’lumot bersangiz.

- Shukurki, sharoitim yaxshi. Jamoam menga alohida uy va avtomobil bergan. Yashashdan muammo yo‘q.

Shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, ishchi yoki talabalardan farqli ravishda o‘z oilamizni bu erga chaqirish huquqimiz bor, boshqalarda esa bunday imtiyoz yo‘q. Bu faqat Koreyadagi holatga tegishli.

IdTtbS_1

- Qaysi rusumdagi avtomobilni berishgan?

- Xyunday Tukson berilgan.

- Qachon turmush qurmoqchisiz?

- Agar imkonini qilolsak, shu yilning oxirlariga rejalashtiryapmiz.

- Sizga jamoadosh bo‘lgan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib bera olasizmi?

- Ha, albatta. Darvozada Murod Zuhurov, himoyachilar Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Yuritsa Bulyat, Akrom Komilov, yarim himoyachilar Otabek Shukurov, Minori Sato, Javlon Ibrohimov, hujum uchligida esa Zabihillo O‘rinboev, Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov.

- Agar, terma jamoa sizning ixtiyoringizda bo‘lganida, hozirgi paytda asosiy tarkib qanday ko‘rinishda bo‘lardi?

- Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Doston Tursunov, Egor Krimets, Farrux Sayfiev, Otabek Shukurov, Aziz G‘aniev, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov.

Shu qatorda, yana ko‘plab futbolchilarimizni yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. Masalan, Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Oston O‘runov, Ikrom Aliboev kabi iste’dod egalari ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!