Rustamjon Ashurmatov Janubiy Koreyadagi chempionlikdan so‘ng: Birinchi legioner sifatidagi ishtirokim omadli chiqdi
Bir necha soat avval Janubiy Koreyaning ikkinchi dvizioni vakili «Gvangju» sharafini himoya qilayotgan Rustamjon Ashrumatov muddatidan avval chempionlikka erishgani borasida xabar bergandik.
Hamyurtimiz to‘p tepayotgan jamoa ikkinchi divizionda muddatdan avval chempionlikka erishdi va Key-liga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Rustamjon Ashurmatov tvitterdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
- Xudoga shukur, birinchi legioner sifatidagi ishtirokim omadli chiqdi. Meni qo‘llaganlarning barchasiga tazim qilaman va terma jamoamizning ham g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shaman, degan umiddaman. Shu qatori termamizga munosib bo‘lish uchun jonimni beraman, - dedi himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, Rustamjon Ashurmatov bu mavsum "Bunyodkor"dan Janubiy Koreya quyi ligasiga kelgandi. Ilk mavsumidayoq hamyurtimiz sovrin sohibiga aylandi.

Fikrlar