Sabina Sharipova uchun o‘tgan hafta omadli yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi g‘alaba qozondi.
 
O‘tgan hafta yakunida o‘tkazilgan final uchrashuvida Sabina Sharipova germaniyalik Anja Uilgruberni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
 
Shu tariqa jarohatidan so‘ng Sabina ilk bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Sabina Sharipova musobaqa davomida Polsha, Rossiya, Germaniya va Yaponiya sharafini himoya qilgan tennischilarni mag‘lub etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!