Sadio Mane: Bu men uchun faoliyatimdagi eng yaxshi sovrin

  • 8 fevral, 2022, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane Afrika kubogidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Bu mening hayotimdagi eng yaxshi kun va faoliyatimdagi eng yaxshi sovrin. Men Chempionlar ligasi va boshqa bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdim, ammo bu men uchun alohida ahamiyatga ega. U men uchun muhimroq. Men o‘zim uchun, xalqim va butun oilam uchun xursandman”, - dedi Mane.

Eslatib o‘tamiz, Senegal finalda Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 0:0 hisobida yakunlangach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa Senegalning omadi keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!