Sadio Mane UEFA Superkubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 14 avgust, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubining senegallik hujumchisi Sadio Mane bugun "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi bahsi oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“G‘alabaga erishish uchun borimizni berib harakat qilamiz. Istanbul jamoamiz uchun omadli shahar bo‘lib qoladi.

Men “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘yinini ko‘rdim. Aytishim mumkinki, “Chelsi” shu kuni mag‘lub bo‘lganiga qaramay yomon o‘ynamadi. Ularda gol urish uchun ko‘p vaziyatlar bo‘ldi”, - deydi Mane.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Chelsi" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Ushbu bahsni Uzreport va Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!