
“SAFF Championship 2021 in Maldives” musobaqasining ochilish uchrashuvini o‘zbekistonlik hakam boshqardi
O‘FA matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 1-16 oktyabr kunlari Maldiv orollarida Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik hakamlar Ahrol Risqullaev va Husniddin Shodmonov ishlaydi.
Musobaqaning ochilish uchrashuvi Nepal – Maldiv terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Aynan ushbu o‘yin Ahrol Risqullaevga ishonib topshirildi. Unga Husniddin Shodmonov va tojikistonlik Farhod Kuralov yordam berdi.
Fikrlar