Salax joriy mavsum 3-marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Bugun Angliya premer-ligasining o‘tgan fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 37 foizi “Liverpul” forvarli Muhammad Salaxga o‘z ovozini berishgan. Shu tariqa misrlik futbolchi APLning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ta’kidlash kerakki, Salax o‘tgan oy 3ta bahsda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 4ta gol kiritishga erishgan edi.
E’tiborlisi, so‘rovnomada Salaxdan keyingi ikkinchi o‘rinni mersisaydliklarning boshqa bir a’zosi – Firmino egalladi. Braziliyalik futbolchi muxlislarning 19 % ovoziga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Salax joriy mavsum 3-marta APLda oyning eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Fikrlar