
Saloh finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadoshlariga murojaat qildi
"Liverpul" klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Millatlar kubogi finalida Senegaldan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bayonot berdi.
"12 kun ichida 120 daqiqadan iborat to‘rtta o‘yin o‘tkazdik. Endi bu o‘tmishda qoldi, kelasi oy ular bilan yana o‘ynaymiz va qasos olamiz, Inshaalloh", - dedi Saloh jamoadoshlarini nazarda tutib.
Ma’lumot uchun, Misr va Senegal 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun mart oyida o‘zaro bahs olib boradi.
Fikrlar