Saloh: "Liverpul" bilan shartnomani uzaytiraman deb o‘ylamagan edim"

  • 18 may, 14:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning yulduzi hisoblangan Muhammad Saloh jamoa bilan yangi shartnoma imzolashni umid qilmagani haqida batafsil gapirdi:

Tecno

"Klub tarixiga qarasak, shartnoma uzaytirish ehtimoli 10 foiz edi. Bu – "Liverpul"ning falsafasi. Ular oldin ham 30 yoshdan oshgan futbolchilarga bunday yondashganini bilaman. Shuning uchun qolishimni kutmaganman. Bu erda yomon narsa yo‘q. Klub oldin ham shunday vaziyatlarni qanday hal qilganini ko‘rganmiz.

Muzokaralar juda tez ketdi, yanvardan buyon hammasini yaxshi his qildim. Bu biroz vaqt oldi. Menimcha, klub meni sinab ko‘rdi — hali ham foyda keltira olamanmi, deb. Men ko‘proq narsa talab qilmadim, faqat yana ikki yil qolishni xohladim" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashi mersesaydliklar etkachisi. 
 
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi joriy yilning 11 aprel kuni 2027 yilgacha bo‘lgan shartnomaga imzo chekkan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!