
Saloh "Real" yoki "Barselona"ga o‘tishini inkor etmadi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Real" yoki "Barselona"ga o‘tishi haqidagi savolga javob berdi.
"Real" va "Barsa" top klublar. Hozir "Liverpul" safida APL va Chempionlar ligasi g‘alaba qozonish haqida o‘ylayapman, ammo kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.
"Liverpul"da yana qancha bo‘laman? Bu qiyin savol. Men klub safida barcha rekordlarni yangilamoqchiman, biroq transfer masalasida barchasi klubning ixtiyorida", - As nashri Saloh so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
2020/21 mavsumda Saloh "Liverpul" safida 20 ta o‘yinda 14 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatma berdi. Uning transferi 120 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar