Saloh uysiz qolgan insonga yordam berdi

  • 7 oktabr, 2020, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh og‘ir vaziyatda qolgan uysiz insonga yordam qo‘lini cho‘zdi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, misrlik futbolchi APLning 3-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga (3:1) qarshi bellashuvdan so‘ng, “Enfild”dan uncha uzoq bo‘lmagan yoqilg‘i quyish shahobchasiga kirgan va u erda Devid ismli uysizni ko‘rgan. Yosh yigitlar uni masxara va haqorat qilayotgan edi. Saloh ularni haydab yubordi va Devidga 100 funt berdi.

“U menga bolalar nima deyayotganini eshitdi, keyin esa ularga qarab: “Bir necha yildan so‘ng sizlar ham uning o‘rnida bo‘lishingiz mumkin”, dedi. Muhammad Saloh menga 100 funt bermagunicha bularni tush, deb o‘yladim”, - dedi Devid.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!