Saloҳ van Deyk bilan bir jamoaga oʻtadi
Turkiya futboli bayroqdoriga aylangan “Galatasaroy” kelayotgan yozda “Liverpul”ning yetakchi futbolchilari Muhammad Saloҳ va Virjil van Deykni oʻz safiga qoʻshib olish ustida ish boshlashga kirishdi.
Bu haqida A Spor nashri xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 33 yoshli Saloҳ mavsum yakunida ingliz klubini tark etishini maʼlum qilgan edi. 34 yoshli van Deykning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil yozigacha moʻljallangan.
Manbaga koʻra, transfer xarajatlarini kamaytirish maqsadida turk grandi kelishuvga Vengriya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan 28 yoshli qanot himoyachisi Roland Shallaini qoʻshishi mumkin. Ushbu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta oʻyinda ishtirok etib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
“Liverpul” rahbariyati ham bu mavsum chempionlik unvonini munosib himoya qila olmaganidan keyin yozgi transferlar oynasi davrida tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni rejalashtiryapti.

Fikrlar